Toshkentda shifoxonadan qochgan erkak mashina o‘g‘irladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan shifoxonadan qochayotgan erkak birovning mashinasini o‘g‘irladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 iyun kuni soat 13:10 larda noma’lum shaxs Chirchiq shahar Gulyayeva ko‘chasida joylashgan dorixona yonida qarovsiz qoldirilgan Nexia-3 rusumli mashinani o‘g‘irlab ketgan. 

Shundan so‘ng, u mazkur mashinani Chirchiq shahar Alisher Navoiy ko‘chasida boshqarib kelayotib, 41 yoshli S.I. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinaning orqa tomonidan urib, YTH sodir etgan vaqtida shahar IIB Jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan ushlangan. IIB xodimlari tomonidan uning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u Toshkent viloyatida yashovchi 35 yoshli U.M. ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi so‘roq qilinganda, u shahar hududidagi shifoxonada davolanayotgani va shifokorlar uni uyiga javob bermagani uchun qochish maqsadida yuqoridagi jinoyatga qo‘l urganini aytgan.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda va U.M.ning ruhiy sog‘lomligi tekshirilmoqda.     

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 21 yoshli mast ayol 71 yoshli erkakning mashinasini olib qochgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH IIB Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing