Toshkentda shaxsiy ma’lumotlarni tarqatmaslik uchun 8 ming dollar olgan ayollar ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahar Chilonzor tumanida shaxsiy ma’lumotlarini internetda tarqatmaslik evaziga pul talab qilganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, G.Yu. va N.I. ismli ayollar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni shaxsiy video va fotosuratlarini internet tarmoqlarida tarqatish orqali sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan 8 ming AQSH dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan G.Yu. va N.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, xabarda fuqarolarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz yig‘ish yoki tarqatish qonunga muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi eslatib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing