Toshkentda Samarqanddagi institut filiali ochildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali institutning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Filialda quyidagi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

•    Zooinjeneriya;
•    Veterinariya meditsinasi;
•    Veterinariya-sanitariya ekspertizasi;
•    Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari.

Filialda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi va qabul qilinadigan talabalar soni respublika OTMlariga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 28 martdagi PQ–4254-sonli qarorida belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

veterinariya

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing