Toshkentda restoranlardan biriga o‘t ketdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida joylashgan restoranlardan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 21 iyun kuni soat 08:08 da Uchtepa tumanining “Katta Qani” ko‘chasida joylashgan restoranlarning birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 08:16 da yetib borib,  yong‘in 15 daqiqa ichida, ya’ni soat 08:31 da o‘chirilgan.  

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida restoran hududining gaz taqsimlash xonasida bo‘lgan gaz taqsimlash uskunasi va 5 kv.m maydondagi taxta bo‘laklari yongan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda g‘alla maydoni yonib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahri restoran Uchtepa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made