Toshkentda Ramazon oyida qaysi ko‘chalar yopilishi aytildi
Jamiyat
−
17:29 1311 4 daqiqa
Muqaddas Ramazon oyi kechalarida tarovih namozlari o‘qilishi munosabati bilan Toshkent shahrida ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 fevralidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida transport vositalari harakati cheklanadi.
Cheklovlar Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Yashnobod, Mirobod, Sergeli, Yakkasaroy, Yangihayot, Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod, Uchtepa va Chilonzor tumanlaridagi yirik masjidlar atrofidagi ko‘chalarga tatbiq etiladi.
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
– Tepa masjidi - Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Bektemir tumani bo‘yicha:
– Alibek masjidi - M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yashnobod tumani bo‘yicha:
– Islomota masjidi - Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi.
– Ali ibn Abu Tolib masjidi - Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Mirobod tumani bo‘yicha:
– Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi - Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
– Qo‘yliq ota masjidi - TXAY - Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Sergeli tumani bo‘yicha:
– Ma’ruf ota masjidi - Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
– No‘g‘ay qo‘rg‘on masjidi - Yangi Sergeli–S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan - S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yakkasaroy tumani bo‘yicha:
– Usmon bin Ma’zum masjidi - KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
– Yakkasaroy masjidi - Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘ubo‘ston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
– Rakat masjidi - J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yangihayot tumani bo‘yicha:
– Niyozmat ota masjidi - TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
– Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi - Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza - Beshqayrag‘och chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
– Kamolon masjidi - Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Olmazor tumani bo‘yicha:
– Hazrati imom masjidi - Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy - A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
– Islomobod masjidi - KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
– Do‘stjonboy (Sulola) masjidi - Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yunusobod tumani bo‘yicha:
– Mirza Yusuf masjidi - Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani bo‘yicha:
– Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi - Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
– Xazrati Ali masjidi - Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshari ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.
Chilonzor tumani bo‘yicha:
– Novza masjidi - Bunyodkor-Muqumiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi.
– Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi - Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galliota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi. – Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi - Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
Ushbu hududlarda faqat maxsus xizmat transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Poytaxt aholisi va mehmonlaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklarni inobatga olib, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistondagi 1 762 ta masjidda “Xatmi Qur’on” tadbirlari o‘tkazilishi aytilgan edi.
Live
Barchasi