Toshkentda poyga uyushtirgan haydovchilar javobgarlikka tortildi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkent ko‘chalarida poyga uyushtirgan ikki “uchar” haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ular joriy yil yanvar oyida Amir Temur ko‘chasida kechasi soat 23:00 da poyga uyushtirib, uni tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Yigitlarning ta’kidlashicha, ular Captiva va Malibu rusumli avtomobillarning tezligini sinash maqsadida poyga uyushtirgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqqa joylab yulduz bo‘lishni ham ko‘zlagan.

Poyga uyushtirganlarning biri 19 yosh bo‘lib, uning hatto haydovchilik guvohnomasi ham yo‘q va otasiga tegishli ulovda poygaga chiqqan. Ularning poygasi karantin vaqtida ya’ni shu kunlarda ijtimoiy tarmoqqa sizdirilgan. Hamda ushbu videolar odamlar tomonidan keskin e’tirozlarga sabab bo‘lgan.

Videolar ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan kundayoq YHXBB, yo‘l harakati doirasidagi qonunbuzarliklar bilan kurashish bo‘linmasi xodimlari tomonidan “poyga”chilap qo‘lga olingan. “Drift” amalga oshirilgan avtomashinalar jarima maydonlaridan joy olgan. Hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra yigitlarga ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent poyga

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing