Toshkentda portlash. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Bugun, 14 mart kuni soat 11:40 larda Uchtepa tumani “Cho‘pon ota” MFY hududida joylashgan “Aksava” MCHJga qarashli ikki qavatli avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasida portlash ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, portlash natijasida 2 ta boksining derazasi va devorlari qisman qulash sodir bo‘lgan. 

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, holatning kelib chiqishiga kislorod yoki gaz ballonining yorilishi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Buning oqibatida, 1 kishi voqea joyida va 1 kishi shifoonada vafot etgan. 

Shuningdek, 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.

Ayni vaqtda hodisa sodir bo‘lgan joyda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur holatning kelib chiqish sabablari yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Uchtepa tumani

Baholaganlar

1081

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing