Toshkentda Porsche, Lacetti va Spark o‘rtasida “avariya” bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 13 yanvar kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Porsche, Lacetti va Spark o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 01:55 larda Shayxontohur tumani Islom Karimov-Botir Zokirov ko‘chalari chorrahasida, 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasi, 2006 yilda tug‘ilgan boshqa bir haydovchi boshqaruvidagi Porsche rusumli avtomashinasi va Spark rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH ortidan Porsche rusumli avtomashinasining haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki sevishgan halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Yo‘lovchilardan biri voqea joyida, ikkinchisi esa shifoxonada vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

avariya Lacetti Porsche

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing