Toshkentda pora bilan qo‘lga tushgan sudya qamaldi
3-sahifa
−
20 fevral
11115O‘tgan yili pora bilan qo‘lga tushgan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi B.I. 5 yilga qamalgan va hozirda jazoni o‘tamoqda. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikromjon Muslimov ma’lum qildi.
"Pora bilan qo‘lga tushgan jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sobiq sudyasi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Hozirda u jazo o‘tamoqda", deydi Muslimov.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, sudyaga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sudning 2023 yil 4 iyuldagi hukmi bilan unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning fevral oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi 16 fevral kuni 4 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotganda qo‘lga olingandi.