Toshkentda plastmassalar saqlash ombori yonib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida joylashgan zavodlardan biri yonayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.

Bugun, 30 mart kuni Shayxontohur tumanidagi “Ibn Sino” mahallasi, Toshkent halqa aylanma yo‘li ko‘chasida joylashgan plastmassa mahsulotlarini saqlash omborida yong‘in sodir bo‘lgan.

Chaqiruvga ko‘ra 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:23 da bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in ombor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing