Toshkentda piyoda avtobus urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
3-sahifa
−
11 dekabr 2021
8453Kecha, 10 dekabr kuni Toshkent shahrida avtobus haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Oqibatda jabrlanuvchi vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
YTH taxminan soat 18:40 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi Minor metrosi qarshisida yuz bergan. Haydovchisi 1990 yilda tug‘ilgan T.J. boshqaruvidagi davlat raqami 01 968 XAA bo‘lgan 72-sonli yo‘nalishli avtobus harakatlanayotgan vaqtida, yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda T.U.ni urib yuborgan.
Oqibatda piyoda olgan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishcha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.