Toshkentda ona farzandini mayda o‘g‘rilikka majburlagani aniqlandi 

3-sahifa

image

Toshkentda farzandini maktabga yubormagan va uni mayda o‘g‘rilikka majburlagan onaning bolasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Bu haqda bugun, 18 may kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi 14 yoshli fuqaro A.Q. 2023 yil 17 oktyabr sanasidan boshlab maktabdagi darslarga onasi S.G.ning asossiz qarshiligi sabab bormay qo‘ygan. U uyda jamiyatdan to‘laqonli uzib qo‘yilgan. Shuningdek, bola onasi tomonidan turli xil do‘konlarda mayda o‘g‘irliklar qilishga majburlab kelingan.

Qayd etilishicha, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimlari hamda mahalla profilaktika inspektori hamkorligida ushbu holatga chek qo‘yilgan. Bolaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 16 may kuni u Toshkent shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

“Ayni vaqtda Agentlik tomonidan fuqaro A.Q.ga huquqiy maslahatlar va zarur yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlar davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada farzandi ta’limiga qarshilik qilgan ota 10 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent mayda o'g'rilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing