Toshkentda “Oqava suv taminoti”ga qarashli Tico yonib ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 iyul kuni soat 09:39 larda, Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani, Shokirariq ko‘chasida joylashgan 40-uy oldida “Oqava suv taminoti” MCHJga qarashli Tico rusumli transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Tico rusumli transport vositasining dvigatel va salon qismi yonib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing