Toshkentda OITSga chalingan stomatolog bemorlarni davolab kelgani aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkentda 29 yoshli stomatolog yigit OITS bilan kasallanganini bila turib, bemorlarni davolashda davom etgani aniqlandi. Bu haqda “Yangi davr” ko‘rsatuvida xabar qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, yigit Instagram’da tanishgan qizidan ushbu kasallikni yuqtirib olgan. Belgilangan tartibga ko‘ra, OITS bilan kasallangan shaxslar bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishi taqiqlangan. U buni bila turib, faoliyatini davom ettirgan.

Yigitning so‘zlariga ko‘ra, u ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan qizini izlagan, biroq topa olmagan. 

“U bilan ikki marta ko‘rishganman. Uchrashganimdan ikki oylarcha o‘tib, tekshirtirganimda shunday kasallik chiqib keldi”, deydi u.

2021 yilning dekabr oyida Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan yigit nazoratga olinib, shifokor tomonidan OITS kasalligi va uni yuqtirish yo‘llari hamda O‘zbekistonning OIV to‘g‘risidagi qonuni haqida tushuntirish berilgan. U bila turib, ushbu kasallikni boshqalarga yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirish, jinoiy javobgarlikka tortilishi uqtirilganiga qaramay, qoidalarga rioya qilmagani aniqlangan.

Yigitga nisbatan Shayxontohur tuman IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda sanksiyasiga ko‘ra, aybdor besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatida ayol OITSga chalinganini bila turib, 4 yil davomida qariyb 40 kishiga kasallikni yuqtirgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent OITS

Baholaganlar

673

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing