Toshkentda odamlar fastfuddan zaharlandimi?
Jamiyat
−
17 Sentabr
2733Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi mashhur fastfudlarning birida ovqatdan zaharlanish holatlari kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanepidqo‘mita munosabat berdi.
Unga ko‘ra, ayni kunlarda ovqatlanish korxonasida taom iste’mol qilib, undan zaharlanganlik bo‘yicha boshqarma va uning tuman bo‘limlariga shoshilinch xabarnoma hamda murojaatlar kelib tushmagan. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar hech qanday asosga ega emasligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2024 yilning I choragida 18 ta ovqatdan zaharlanish holatlari qayd etilgan bo‘lib, bunda 143 nafar fuqarolar jabrlangan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida 600 millionga yaqin inson jabrlanadi. 420 ming kishi mikroorganizmlar yoki kimyoviy moddalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish natijasida vafot etadi. Ularning 125 ming nafarini 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Muhteshem Doner” restoranida ommaviy zaharlanish yuz bergandi. Joriy yilning 6-8 sentyabr kunlari ovqatdan zaharlanish belgilari bilan jami 23 nafar fuqaro, shulardan 22 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasiga hamda 1 nafari Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgandi.
LiveBarchasi