Toshkentda nomusga tegish jinoyati 7,5 baravar ko‘paygan

Jamiyat

image

Toshkentda joriy yilning birinchi yarmida 15 ta nomusga tegish jinoyati sodir etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,5 marta ko‘p. 2018 yilning birinchi yarmida poytaxtda nomusga tegish holati 2 marta yuz bergan.

Bunday jinoyatlar faqatgina Toshkent shahrida ko‘paymagan. Jizzax viloyatida 3 tadan 9 taga va Toshkent viloyatida 6 tadan 11 taga ortgan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Boymatjon Rasulov Yuqori palataning yigirma birinchi yalpi majlisida ta’kidlab o‘tdi.

QALAMPIR.UZ muxbirining xabar berishicha, Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro va Namangan viloyatlarida nomusga tegish bo‘yicha jinoyatlar kamayishiga erishilmagan. 

Shuningdek, jinoyatlarda bevosita voyaga yetmaganlar ishtiroki ham Toshkent viloyatida 25 foizga (48-60), guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa Toshkent (14,7 foizga), Surxondaryo (1 foizga) va Farg‘ona (0,7 foizga) viloyatlarida oshgan.

Umumiy jinoyatlar tarkibida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning salmog‘i o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,7 foizga ko‘paygan. Masalan, ro‘yxatga olingan jinoyatlarning Surxondaryo viloyatida 36 foizi, Toshkent shahri va Xorazm viloyatida 30 foizi, Navoiy, Namangan va Jizzax viloyatlarida 25 foizdan ortig‘i og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar hisoblanadi.

Qasddan odam o‘ldirish jinoyati respublika bo‘yicha 66 taga (229/163) kamaygan bir vaqtda, Navoiy viloyatida (6/7) oshgan. Shu kabi, bosqinchilik jinoyati 33 taga (77/43) kamaygan bo‘lsada, Sirdaryo (0/1), Navoiy (0/1) va Qashqadaryo (5/6) viloyatlarida ko‘paygan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Senat yalpi majlis

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing