Toshkentda “nomerfurush” ushlandi
3-sahifa
−
10:58 3790 1 daqiqa
Toshkentda navbatlarsiz chiroyli kombinatsiyali davlat raqam belgisini tanishlari orqali olib berish evaziga 2000 AQSH dollari so‘ragan shaxs ushlandi. Bu haqda Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtomashinasiga davlat raqam belgisini olish istagida yurgan fuqaro oldiga kelgan shaxs hech bir navbatlarsiz chiroyli kombinatsiyali davlat raqam belgisini Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ishlovchi tanishlar orqali olib berishini aytib, evaziga 2000 AQSH dollari berishini talab qilgan.
Shundan so‘ng bu qonunga zid ekanligini tushunib yetgan fuqaro, bo‘lgan holatni Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi ishonchli telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib, undan pul talab qilayotgan shaxsga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida firibgar shaxs fuqarodan talab qilingan pullardan 1800 AQSH dollarni olgan paytda tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bojxona qo‘mitasi nomidan fuqarolarni aldagan guruh qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi