Toshkentda noqonuniy daraxt kesilishi yuzasidan izoh berildi

Jamiyat

image

Bugun,17 yanvar kuni Toshkentning Sergeli tumani Sputnik 4 dahasida noqonuniy daraxt kesilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqaldi. 

Ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida shaxsan Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Farhod Dehqonov boshchiligida zudlik bilan ishchi guruh tuzilib, joyida o‘rganish ishlarini olib borishmoqda. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hududda qurilish ishlari olib borilayotgani, 4 tup daraxtni “Eko industrial park” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududiga ko‘chirib o‘tqazilganligi ma’lum bo‘lgan. 

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan daraxtlar soniga aniqlik kiritish bilan birgalikda hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqilganidan so‘ng, qo‘shimcha va to‘liq ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt

Baholaganlar

178

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing