Toshkentda noqonuniy bunyod etilayotgan ko‘p qavatli bino qurilishi to‘xtatildi
Jamiyat
−
03 fevral 2021
14858Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yakkasaroy tumani, Abdullayeva ko‘chasi 59-uy manzilidagi “Ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi” ob’ektining sifatsiz qurilishi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu masala Toshkent shahar qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining 2020 yil 7 avgustdagi 20112100/1-sonli ruxsatnomasiga muvofiq F.X.Ergashevga Yakkasaroy tumani, Imom At-Termiziy ko‘chasi, 29-31-uy manzilida joylashgan mavjud yuridik xujjatga ega “Ofis” binosini “Yerto‘la qavatlarida avtoturargoh, pastki qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bo‘lgan turar joy binosi” ga ixtisoslashtirib, rekonstruksiya qilish uchun ruxsat berilgan. Shuningdek, bugungi kunda F.X.Ergashev va “CREATIVE ARCH DESIGN GROUP” o‘rtasida loyiha smeta ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma qilinib, loyihalash ishlari olib borilayotgan bo‘lgan.
Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari talablarini qo‘pol ravishda buzgan holda Toshkent shahar QSHN inspeksiyasini qurilish-montaj ishlarini boshlashda xabardor qilmasdan noqonuniy ravishda qurilish-montaj ishlarini boshlaganligi, qurilish ob’ektida mualliflik va texnik nazorati umuman olib borilmaganligi aniqlangan.
Shuningdek, inspeksiya inspektori tomonidan 2020 yil 11 dekabrda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib, belgilangan tartibda instrumental texnik ko‘rik o‘tkazish hamda tekshiruv xulosasini olib, belgilangan tartibda Toshkent shahar QSHN inspeksiyasini xabardor qilib, ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risidagi berilgan 2565-sonli yozma ko‘rsatmada qayd etilgan majburiyatlar bajarilmagan va Ma’muriy-javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 99-moddasi 7-qismida ko‘rsatilgan qonunbuzarliklar sodir etilgan.
Yuqoridagilarga asoslangan holda qurilish ishlariga ma’sul shaxs Ergashev Fahriddin Ilhomjon o‘g‘liga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 99-modda 7-qismini qo‘llab, ko‘rib chiqishi yuzasidan 14 dekabr 2020 yilda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ma’muriy sudiga to‘plangan hujjatlar yuborilgan. Bunga qo‘shimcha tarzda qurilish-montaj ishlari to‘xtatilgan.