Toshkentda niqoblangan kishilar uyga o‘g‘irlikka tushdi
Jamiyat
−
06 noyabr 2019
6882Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaroning uyiga yuziga niqob kiygan shaxslar g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bosqinchilik yo‘li bilan uni tunab ketishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Kecha, 5 noyabr kuni soat 03:30da A.E. va Ch.A. yuzlariga niqob kiyib, bolta bilan qurollangan holda, fuqaro R.A.ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga tan jarohati yetkazib, qo‘l oyoqlarini elektr simi yordamida bog‘lab, yerto‘lada saqlangan 30 mln so‘m pullarini bosqinchilik yo‘li bilan egallab, hodisa joyidan yashiringanlar.
Birlamchi tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, R.A.da “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap tirsak suyagi o‘rta uchligidan yopiq maydanalib sinib siljishi, o‘ng yelka sohasi yuqori uchligi kesilgan” jarohatlari aniqlangan.
Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan ish uchun ahamiyatga molik ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi TB tomonidan A.E. va Ch.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik- uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida A.E. va Ch.A. ushlanib, ish bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, so‘roq qilinganlar. So‘roq davomida ular iqrorlik ko‘rsatuvlarini berganlar hamda gumon qilinuvchi A.E.ning uyidan 13 mln 140 ming so‘m naqd pullar, 1 dona qora rangli niqob va 3 dona rezina qo‘lqoplar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi