Toshkentda Nexia to‘xtab turgan Damas’ni ag‘darib yubordi
3-sahifa
−
03 Sentabr
3156Toshkent shahrining Sergeli tumanida Nexia 3 to‘xtab turgan Damas’ga urilib, uni ag‘darib yubordi. Bu haqda IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat kecha, 2 sentyabr kuni soat 17:10 larda Sergeli tumani THAY ko‘chasi Flower garden bog‘i qarshisida sodir bo‘lgan. 2001 yilda tug‘ilgan T.X. Nexia 3 avtomashinasini boshqarib kelayotib, yo‘l chetida harakatsiz turgan 1987 yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvida bo‘lgan Damas bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida haydovchilar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida Spark avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ikki nafar 19 yoshli yo‘lovchi vafot etgandi.
LiveBarchasi