Toshkentda Nexia'ning avtobus bilan to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 3 iyun kuni Toshkentda MAN rusumli avtobus va Nexia-3 rusumli yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

YTH soat 16:27 da Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi U.O. mashanini KXY ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor shox ko‘chasi tomonga boshqarib borayotib oldidagi piyodalarni o‘tkazish uchun to‘xtagan “7-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan, saroy raqami 132-bo‘lgan MAN rusumli, 69-yo‘nalish haydovchi X.X. (1976-yilda tug‘ilgan, staji 18 yil) boshqaruvidagi avtobusni orqasiga kelib urilgan.

Yengil avtomobil haydovchisi belgilangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasdan undan oldinda harakatlanib ketayotgan transport vositasi bilan oraliq masofa saqlamaganligi hamda katta tezlikda harakatlanganligi sababli YTHga uchragani aytilmoqda.

Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazida vafot etgan.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing