Toshkentda Nexia bilan to‘qnashgan avtobus ag‘darildi

3-sahifa

image

Kecha, 7 mart kuni Toshkent shahar, Olmazor tumani, Forobiy va Beruniy ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

YHXBB ma’lumotga ko‘ra, haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.E. o‘z boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilda svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanib chiqishi oqibatida, yashil chiroqda harakatlanayotgan haydovchi, 1960 yilda tug‘ilgan I.V. boshqaruvidagi Isuzu (8-avtobus saroyiga tegishli) rusumli avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, Nexia rusumli avtomobil haydovchisi 35 yoshli A.E. va yo‘lovchi, 29 yoshli N.K.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Nexia kelib urilgan avtobus ag‘darilib ketganini ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

434

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing