Toshkentda navbatdagi o‘lim: bu safargi qurbon ayol kishi

Jamiyat

image

Bugun, 5 iyul kuni Toshkentda koronavirus bilan bog‘liq ikkinchi o‘lim qayd etildi. O‘zbekistonda ushbu virusdan vafot etganlar 34 nafarga yetdi. 
 
Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 49 yoshli N.U. (ayol kishi) bir necha kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik bo‘lishiga qaramasdan shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilmagan. 

Joriy yil 3 iyul kuni bemor xususiy klinikada koronavirusga tahlil topshirgan. Shu kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli 7-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

Unga “Ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, koma I” tashxisi qo‘yilgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.
 
Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

942

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing