Toshkentda narkotik tarqatib yurgan “zakladchik” ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida “zakladka” usulida narkotik tarqatgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida IIO xodimlari Uchtepa tumanining 24-mavzesida shubhali harakat qilayotgan fuqaroni kuzatuvga olgan. To‘xtatilgan gumonlanuvchi ko‘zdan kechirilganda, uning yonidan ko‘k izolyatsion lentaga o‘ralgan 12 dona noma’lum modda topilgan.

Shundan so‘ng, gumonlanuvchining avtomobili ham tekshirilib, avtomobildan yana 18 dona xuddi shunday o‘ram aniqlangan. Dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu shaxs tomonidan Uchtepa tumani hududida “zakladka” usulida yashirib qo‘yilgan yana 18 dona sintetik giyohvandlik moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, gumonlanuvchining telefoni tekshirilganda, narkotik moddalar yashirilgan joylarning suratlari va koordinatalari aniqlangan. Natijada jami 49 dona sintetik giyohvandlik vositasining noqonuniy tarqatilishining oldi olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni Telegram messenjerida turli xil nomdagi botlar orqali sotib kelgan sobiq professional futbolchi qo‘lga olingandi.

Dilnura Urinova


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing