Toshkentda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
08 avgust
3319Toshkentdagi 2 xonadonda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali piyoda ravishda kirib kelgan yo‘lovchilardan birining qo‘l sumkasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda uning ichida go‘yoki kir yuvish kukuni borligi aytilgan, aslida esa jami 33 kg og‘irlikdagi 11 dona qadoqda “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasiga o‘xshash modda yashirib qo‘yilgani aniqlangan.
Shundan so‘ng, tezkor-qidiruv tadbirlari Toshkent shahrining “Oloy” bozori atrofida davom ettirilib, ushbu kukunlarni qabul qilib oluvchi 2 nafar shaxslar ham qo‘lga olingan.
Shuningdek, Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 2 ta xonadonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qo‘lbola usulda tayyorlash va qadoqlashga mo‘ljallangan yashirin laboratoriyalar tashkil qilingani aniqlangan. Unda qiymati salkam 2,1 mlrd so‘mlik 56,5 kilogrammga yaqin kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, 90 dona “Tropikamid”, 1020 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, 15 ming dona “Regapen” bo‘sh kapsulalari va 11 ming dona “Tropikamid”ning bo‘sh idishlari hamda 24 dona laboratoriya jihozlari saqlangan.
“O‘tkazilgan tezkor tadbirlar yakunida jami 7 mlrd 570 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va ularni tayyorlashda ishlatiladigan prekursorlar hamda laboratoriya jihozlari daliliy ashyo tariqasida olingan. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirg‘izistonlik narkokurer yirik partiyadagi giyohvand moddalarni O‘zbekistonga olib o‘tayotganda qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi