Toshkentda “Mo‘ynoqqa madad” velomarafoni o‘tkazildi

Sport

image

Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekistonda “Mo‘ynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoni bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 25 may kuni Toshkentda ham xayriya marafoni o‘tkazildi. “Humo Arena” sport majmuasi oldida velomarafon qatnashchilari uchun tantanali tadbir tashkil etildi. Unda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov va O‘zbekiston Ekologiya partiyasi raisi Narzullo Oblomurodov qatnashib, ishtirokchilarga omad tiladilar.

Ma’lumot o‘rnida, Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ushbu velomarafonning asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq, Toshkentdagi “Mo‘ynoqqa madad” velomarafoni o‘tkazilishi munosabati bilan qator ko‘chalar vaqtincha yopilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

velomarafon

Baholaganlar

9

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing