Toshkentda “Mushukkent” ochildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Uchtepa tumani “Vatan” mahallasida noodatiy “mehmonxona” qurildi. U mushuklar uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 
 
Ushbu “mehmonxona” ko‘ngillilar tashabbusi va mahalla aholisining roziligi bilan qurilgan.  U ko‘cha mushuklari uchun sovuq qish kunlarida boshpana vazifasini bajaradi.  

Bildirilishicha, 3 qavatdan iborat ushbu kichik bino “Mushukkent” loyihasi doirasida qurilgan va Toshkent shahar IIBB himoyasiga olingan. Shuningdek, ushbu loyiha mahallada yashovchi bolalarni jonivorlarga mehrli bo‘lishga o‘rgatishi aytilgan. 

Ma’lumot uchun, “Mushukkent” Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va “Hayot” itlar maskani hamkorligidagi hayvonlar himoyachilarining qo‘shma loyihasidir. 2021 yilda loyihaga O‘zbekiston Milliy gvardiyasi ham qo‘shildi. 2019 yilning 10 noyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida birinchi mushuk uyi o‘rnatilgan. Ikkinchi uy esa Mirobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla Xitoyda Cybertruck elektr pikapi shaklidagi kartondan tayyorlangan mushuk karavotini taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent mehmonxona Mushukkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing