Toshkentda mudhish YTH: Lacetti daraxtga urilib, yonib ketdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda daraxtga urilgan Lacetti avtomobili yonib ketgani haqida xabar va video tarqaldi. YHXBB mazkur hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, hodisa bugun, 24 iyul kuni soat 18:50 larda A.Qodiriy ko‘chasida yuz bergan. 1996 yilda tug‘ilgan S.M. Lacetti rusumli avtomobilda A.Qodiriy ko‘chasidan A.Temur ko‘chasiga tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratuvchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib daraxtga urilgan. Transport vositasida esa yong‘in yuzaga kelgan.

Natijada, haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing