Toshkentda mudhish yong‘in. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentning Yangihayot tumanidagi 12 ta xonadondan iborat 2 qavatli uyda yong‘in kelib chiqdi. Oqibatda ushbu uyda yashagan 2 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Yangihayot tumani hokimiyati Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea kecha, 5 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Soat 20:08 da Yangihayot tuman IIO FMB Navbatchilik qismiga Yangihayot tumani, Yo‘ldosh-6 dahasi 25-uyda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Yo‘ldosh-6 dahasidagi 25-uy 2-qavatdan, 2 ta yo‘lak va 12 ta xonadondan iborat bo‘lib, ushbu uyning umumiy maydoni 300 m2 tashkil etadi, yong‘in oqibatida uning 80 metr kv. maydoni yong‘indan shikast ko‘rgan.

Hodisa sodir sodir bo‘lgan joyga FVV Yong‘in xavfsizligi xodimlari yetib kelib o‘z vaqtida yong‘in o‘chirilgan. 9 nafar fuqaro evakuvatsiya qilingan.

Ushbu uyning 11-xonadonida istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaroning hayotdan ko‘z yumgani aniqlangan

Yong‘indan zarar ko‘rgan xonadon egalari vaqtinchalik Toshkent indeks savdo majmuasidagi yotoqxonaga joylashtirilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

260

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing