Toshkentda mudhish YTH! Navqiron yigit halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 26 oktyabr kuni Toshkent shahrining Kichik halqa avtomobil yo‘lida – Shahar sil kasalliklari klinik shifoxonasi yaqinida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqad Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

26 oktyabr kuni soat 22:45 da Nexia avotomobili haydovichisi 19 yoshli Behruz K. ko‘chani yorituvchi beton ustunga urilgan.

YTH natijasida avtomobil haydovichisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlarning urinishga qaramay, vafot etgan.

Avtomobil yo‘lovchilari – 19 yoshli Diyor K., Javohir Z. va Muhammadaziz A. Tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ularga tibbiyo yordam ko‘rsatilyapti.

Haydovchi tezlikni hadda tashqari oshirib yuborishi natijasida boshqaruvni eplay olmagani YTHga sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

476

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing