Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rostmi?
3-sahifa
−
01 may
7658Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yangihayot tumani sudyasi pora olayotganda qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Sudyalar oliy kengashi bunga o‘z munosabatini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 1 may kuni fuqaro U.R. (vaqtincha hech qayerda ishlamaydi) Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishlar bo‘yicha jarimalarni shu sudda ishlaydigan tanishlari orqali kamaytirib berish evaziga 1000 dollar olayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
"Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha tegishli protsessual harakatlar olib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi go‘yoki mazkur sud sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani mazmunidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deyiladi xabarda.