Ertaga Toshkentning ikki tumanida “svet” o‘chiriladi 

Jamiyat

image

Ertaga, 1 may kuni Toshkent shahrining Bektemir va Uchtepa tumani elektr ta’minotidan vaqtinchalik uziladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Bektemir tumani: “Iyk ota” hamda “Gulbog‘” MFYlarining ayrim hududlarida soat  10:00 dan 14:00 gacha;
  • Uchtepa tumani: 18-sonli Avtosaroy va “Nayman”, “O‘rikzor”, “Sakkokiy”, “Ko‘rkamobod”, “Sharof”, “Taqachi” hamda “Beshqayrag‘och” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent MChJ Bektemir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing