Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Toshkentda mototsikl BYD bilan to‘qnashdi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Kawasaki rusumli mototsikl BYD bilan to‘qnashdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 10 mart kuni soat 16:10 larda Shayxontohur tumani Beruniy-Paxta ko‘chalari chorrahasida 1983 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan BYD rusumli avtomashinasi hamda 2003 yilda tug‘ilgan Z.F. boshqaruvidagi Kawasaki rusumli  mototsikli ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida Kawasaki rusumli mototsikl haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Cobalt rusumli avtomashina piyodani urib yuborgan edi. YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

mototsikl BYD Kawasaki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing