Toshkentda mototsikl ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
19:39 1389 1 daqiqa
Toshkent shahri Mirobod tumanida mototsikl, GAZ va KIA K5 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, oqibatda mototsikl haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsiziligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 25 sentyabr kuni soat 22:45 da Kichik halqa avtomobil yo‘lining 83-maktab qarshisidagi qismida yuz bergan.
Ma’lum qilinishicha, 2005 yilda tug‘ilgan J. Sh. mototransport vositasini boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamagan va o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlangan 1994 yilda tug‘ilgan T. L. boshqaruvidagi GAZ-5312 rusumli transport vositasiga borib urilgan.
To‘qnashuv oqibatida mototsikl haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 2001 yilda tug‘ilgan Sh. S. boshqaruvidagi KIA K5 avtomobili bilan ham to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida mototsikl haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Biroq u shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida velosipedchi va Gentra avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi