Toshkentda mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘rab chiqdi (video)
3-sahifa
−
19 aprel
13441Ijtimoiy tarmoqlarda sartarosh mijozining sochini jahl ustida kalga olib tashlagani aks etgan videolar tarqaldi. Tasvirlarda yigit soch va soqolini qanday olishni noto‘g‘ri tushuntirgani uchun sartaroshning jahli chiqqanini va kalga olish orqali undan qasd olganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, ayyor sartarosh bunga jazm etishidan oldin mijozidan nima ish qilishini ham so‘rab olgan. Yigit bobosining qo‘lida ishlashini aytgan.
“Kimni chaqirasan endi, buvingni chaqirasanmi?” degan sartarosh. Yigit shunda ham undan uzr so‘ragan va adashganini aytgan.
Sartarosh esa qilgan ishiga quyidagicha izoh berdi:
“Xizmat vaqtimda menga notanish bo‘lgan fuqaro soch oldirish uchun keldi. Sochingni olaymi, soqolingnimi, deb 3-4 marta so‘radim. U sochimni oling, soqolimni oling, dedi. Jahl ustida qizishib ketib kalga olib tashladim. Uning o‘zidan, ota-onasi, aka-ukalari, yaqinlaridan uzr so‘rayman. Holat bo‘yicha har qanday jazoga roziman. Qilgan ishimdan pushaymonman. O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rayman”, degan u.
Viloyat IIBBga ko‘ra, holat 2022 yilning oktyabr oyida sodir bo‘lgan. Video ijtimoiy tarmoqlarga tarqalguniga qadar yoki o‘tgan davr mobaynida IIOga murojaat kelib tushmagan. Holat yuzasidan belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rilib, natijasi bo‘yicha jamoatchilikka axborot berilishi aytilgan.
“Toshkent tumanida yashovchi sartaroshning xatti-harakatlari Toshkent viloyati IIBB nazoratida tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘rganilgan va qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanmoqda”, deyiladi xabarda
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda duradgorning boshiga tosh bilan urgan xaridor qamalgan edi.