Toshkentda 20 yoshli yigit Damas sotib olmoqchi bo‘lgan mijozga suiqasd qildi
3-sahifa
−
03 avgust
11057Toshkent shahrida mashina sotuvini e’lon qilgan yigit mijozning puliga ega chiqish uchun unga suiqasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 2 avgust kuni 11-12 lar orasida Chilonzor tumani Bekto‘pi mahallasi Poygoh ko‘chasida sodir bo‘lgan.
2004 yilda tug‘ilgan erkak onlayn savdo platformasiga Damas avtomashinasini sotishi haqida e’lon joylashtirgan. U e’lon bo‘yicha murojaat qilgan 1987 yilda tug‘ilgan erkak bilan tanishib, dastlab 100 AQSH dollarini avans sifatida olgan va 37 yoshli mijozda avtomashina sotib olish uchun 4500 AQSH dollari borligiga ishonch hosil qilgan. 2 avgust kuni u pullarni qo‘lga kiritish maqsadida unga suiqasd uyushtirgan.
Hodisa oqibatida jabrlanuvchi tan jarohati olgan.
“Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25- (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97- (Qasddan odam o‘ldirish)va 164-moddalari (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram'da pul yutqazib qo‘ygan ayol joniga qasd qilgandi.
LiveBarchasi