Kurs UZS

USD

12 957.14

29.97

EUR

14 702.47

-15.11

RUB

156.56

0.83

Toshkentda Milliy gvardiya xodimi 5,5 ming dollar pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkentda ishga kiritib qo‘yish evaziga pora olayotgan Milliy gvardiya xodimlari qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi otryad komandiri katta leytenant T.A. 1980 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali uning tanishini Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ekobozor” savdo majmuasi avtoturargohida 5500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga qarashli sog‘lomlashtirish oromgohi rahbari podpolkovnik A.R. xizmat mavqeidan foydalangan holda 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining vakolatli tanishlari yordamida uni Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatidagi qo‘riqlash bo‘linmalaridan biriga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1500 dollar olgan vaqtida ushlangan.

O‘lim, qamoq, toshbo‘ron va musodara: dunyo korrupsiya bilan qanday kurashmoqda? north_east

O‘lim, qamoq, toshbo‘ron va musodara: dunyo korrupsiya bilan qanday kurashmoqda?

Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Bektemir tumanida pora bilan qo‘lga tushgan IIO FMB tergovchisiga sud hukmi o‘qilib, unga 3 yil Ichki ishlar vazirligi tizimida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Milliy gvardiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing