Kurs UZS

USD

12 938.20

-26.23

EUR

14 710.73

-33.72

RUB

159.51

1.23

Toshkentda pora olgan IIB tergovchisi qamaldi

Olam

image

Toshkent shahri Bektemir tumanida pora bilan qo‘lga tushgan IIO FMB tergovchisiga sud hukmi o‘qildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, tergovchi ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan ayolga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamasdan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llash evaziga 500 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Sud majlisida sudlanuvchi e’lon qilingan ayblovga umuman iqrorlik bildirmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayolning ishini qonun doirasida tez ko‘rib bergani uchun ayol rahmat sifatida 500 dollar berib ketgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topgan. Unga 3 yil Ichki ishlar vazirligi tizimida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida olib borilgan tezkor tadbirda ikki mansabdor pora bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud pora Toshkent shahri Bektemir tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing