Bosh vazir shahardagi shanbalikda ishtirok etib, axlat yig‘di
Olam
−
27 iyul 2019
8838Qozog‘istonda “Birga-Toza Qozog‘iston” ekologik shanbaligi o‘tkazildi. Unda mamlakat Bosh vaziri Asqar Mamin boshchiligida Hukumat a’zolari, poytaxt hokimiyati xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talabalar, ko‘ngillilardan iborat 5 mingdan ortiq hasharchilar ishtirok etib, Nur-Sulton (Ostona) shahridagi daryolar va suv omborlarini tozaladilar. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Hukumati portali xabar qilmoqda.
Ekologik aksiya doirasida poytaxt aeroportidan Qarag‘anda magistraligacha bo‘lgan hudud hamda Yasil va Qorasuv daryolari, Vyacheslav suv ombori, Moybaliq ko‘li tozalanib, 16 tonna axlat yig‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin ilk bor Koyandinsk suv omborida shu yilning 20 iyulida “Birga-Toza Qozog‘iston” ekologik aksiyasini boshlagan. Aksiyada 1,2 mingdan ortiq kishi ishtirok etib, 10 tonnadan ortiq axlat yig‘ilgan edi.
LiveBarchasi