Toshkentda metro poyezdi birdan to‘xtab, tutay boshladi
Jamiyat
−
09 avgust 2019 8781 1 daqiqa
Bugun, 9 avgust kuni Toshkent metropolitenining “Kosmonavtlar” stansiyasi bo‘ylab harakatlanayotgan metro poyezdi birdan to‘xtab, undan tutun chiqa boshlagan. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Voqea soat 08:55 larda sodir bo‘lgan.
“Kosmonavtlar” stansiyasining ikkinchi yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan 37-sonli harakat tarkibida texnik sabablarga ko‘ra asosiy havo tarqatuvchi moslamasida nosozlik paydo bo‘lganida kolodkaning o‘z-o‘zidan avtomatik to‘xtashiga olib keldi va tutun paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi”, deyiladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarqatgan xabarda.
Nosozlik 5 daqiqada bartaraf etilgan.
Mazkur holat Toshkent metropolitenining poyezdlar harakati jadvaliga ta’sir etmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025