Toshkentda Matiz haydovchisi 64 yashar ayolni urib ketdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida haydovchi Matiz avtomobilida yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan ayolni urib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi bugun, 7 noyabr kuni soat 11:22 da poytaxtning Yunusobod tumani Chinobod ko‘chasida ro‘y berdi. Matiz rusumli avtomobil haydovchisi Islom O. belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida 64 yoshli Zulfiya U. tan jarohatlari olgan holida shahar klinik shifoxonasiga yetkazildi.

Toshkent shahar IIBB piyoda va haydovchilarni yo‘l qoidalariga rioya qilib harakatlanishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing