Toshkentda masjid yonida yong‘in yuz berdi

3-sahifa

−

image

Kecha, 26 iyul kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi masjid yonida podstansiya yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 26 iyul kuni soat 20:53 da Olmazor tumani Forobiy ko‘chasida joylashgan “Chimir ota” masjidi yaqinidagi podstansiyada yong‘in kelib chiqqan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in-qutqaruv texnikalari 20:57 da voqea joyiga yetib borgan. Alangani bartaraf etishga 4 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan. Podstansiya elektrmanbasidan uzilishi bilan yong‘in qurshab olinib, soat 22:42 da batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Avvalroq, Olmazor tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida yirik yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing