Olmazorda kafe yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
26 iyul 2021 10981 1 daqiqa
Bugun, 26 iyul kuni soat 13:14 larda Toshkent shahri Olmazor tumanida umumiy ovqatlanish shaxobchalaridan biri yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan “Zamondosh” oshxonasida sodir bo‘lgan. FVVning 5 ta yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in 13:33 larda o‘rab olinib, soat 14:31 da batamom o‘chirilgan.
Ma’lum qilinishicha, ovqatlanish shaxobchasining 400 kvadrat metr maydoni yong‘in oqibatida zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust