Toshkentda mast erkak tanishining mashinasiga shikast yetkazdi (video)
3-sahifa
−
10 avgust 6548 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs avtoturargohda turgan avtomashinaning ustiga sakrab, uni haydab ketgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 9 avgust kuni soat taxminan 08:00 da yuz bergan. Bektemir tumanidagi savdo majmualarining birida 34 yoshli B.K. ismli erkak mast holatda 29 yoshli tanishi N.B.ga tegishli VAZ-2108 rusumli avtomashinaning ustiga avtoturargoh devoridan sakrab, uning tom qismiga shikast yetkazgan. Shundan so‘ng, u tanishining avtomashinasini avtoturargoh hududida boshqargan. Aniqlanishicha, fuqaro B.K. mast holatda bo‘lgani sababli savdo majmuasiga kiritilmagan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida fuqaro u ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-moddasi (o‘zboshimchalik), 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudi sudyasi mast holda avtomashinani olib qochgandi va lavozimidan ozod qilingandi, uning sudyalik vakolati ham muddatidan ilgari tugatilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr