Toshkentda mast haydovchi 47 yoshli erkakni pichoqladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida joylashgan bilyardxona hovlisida o‘yinda yutqazib qo‘ygan shaxs tanishini pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.

Uning bizga ma’lum qilishicha, joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 22:00 da 47 yoshdagi fuqaro S.S. Toshkent viloyati Chinoz tuman tibbiyot birlashmasiga “o‘ng oyoq son qismining yuqori qismida sanchilib kesilgan” jarohati bilan vafot etgan holda olib kelingan.

Aniqlanishicha, soat taxminan 21:00 larda fuqaro S.S. o‘rtog‘i 1976 yilda tug‘ilgan B. G‘. boshqaruvidagi Malibu rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda to‘xtab turgan 1983 yilda tug‘ilgan X. N. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashina uzoqni yorituvchi chiroqlarini yoqib turganini ko‘rgan. O‘rtoqlar avtomashinadan tushib, Matiz haydovchisi X.N.ga nima uchun mashina chiroqlarini ko‘zni qamashtirib yoqib turganini so‘ragan. Shunda X. N. mast holatda “ko‘cha meniki, nima ishlaring bor” deb haqoratli so‘zlar ishlatgan.

So‘ng o‘zaro janjal kelib chiqqan, keyinroq Malibu haydovchisi va yo‘lovchilari avtotransportga qaytgan. U vaqtda X. N. ularning orqasidan kelib, o‘zida mavjud bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan S.S.ni o‘ng oyoq son qismining yuqori qismiga bir marotaba sanchib tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda S.S. o‘ng oyoq son qon tomiridan olgan tan jarohati oqibatida ko‘p miqdorda qon yo‘qotib, tez tibbiy yordam avtomashinasida shifoxonaga olib ketayotgan vaqtida vafot etgan.

“Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan N. X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish)  3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jizzax viloyatida er tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limida hamshira bo‘lib ishlovchi 36 yoshdagi turmush o‘rtog‘ini ish joyida pichoqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent mast haydovchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing