Toshkentda mashinada guruh bo‘lib harakatlanganlar jazolandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha shaxslar mashinada guruh bo‘lib harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani “Sariosiyo” ko‘chasida haydovchilar yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakatlangan. Shuningdek, mashinalar ichidagi yo‘lovchilar avtomobildan tana qismlarini chiqarib xavfli harakatlarni amalga oshirgan.

2002 va 2003 yilda tug‘ilgan mashina haydovchilari nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, avtomashina lyuk qismidan tanasini chiqargan 2004 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan MJtKning 138-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing