Toshkentda mashina ichidan 27 yoshli erkakning murdasi topildi
3-sahifa
−
06 Sentabr 2023 13428 1 daqiqa
Toshkent shahrida joylashgan Bunyodkor stadioni qarshisidagi avtoturargoh oldida turgan Gentra mashinasidan bosh yuz qismi polietilen paketi bilan o‘ralgan erkakning jasadi topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 31 avgust kuni soat taxminan 18:00 larda 1996 yilda tug‘ilgan B.A. yashash manzilidan boshqaruvidagi qora rangli Gentra'da chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasidagi avtoturargoh oldida turgan Gentra'ning ichidan mazkur erkakning murdasi bosh yuz qismi bir necha qatlam polietilen paketi bilan o‘ralgan holda topilgan.
Erkakning murdasi shubhali holda aniqlanganligi va bir qator dastlabki tergov harakatlari o‘tkazmasdan turib, qonuniy to‘xtamga kelish imkoni mavjud emasligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025