Toshkentda “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi vazirlar uchrashuvi boshlandi
Jamiyat
−
15 aprel
3601Bugun, 15 aprel kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi Tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Anjumanda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Bahrayn, Qatar, Quvayt, BAA, Ummon va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda.
Faxriy mehmon sifatida Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov ham taklif etilgan.
Ushbu xalqaro yig‘inda Tashqi ishlar vazirlari Kengash mamlakatlari va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi siyosat, xavfsizlik, savdo va investitsiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar va sport sohalaridagi munosabatlarning hozirgi holati hamda istiqbollari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2022 yilning 7 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida "Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi – Markaziy Osiyo" Strategik muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 19 iyul kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgandi.
LiveBarchasi