Toshkentda Malibu ustunga borib urildi (video)
Jamiyat
−
16 noyabr
2890Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida 20 yoshli yigit Malibu-2 ni yo‘l chetidagi temir ustunga borib urdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 16 noyabr kuni soat 00:10 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasi 50-uy qarshisida 2004 yilda tug‘ilgan Sh.M. Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi temir ustunga to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida avtomashina haydovchisi Sh.M. va yo‘lovchi 2004 yilda tug‘ilgan D.S. ga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 2 ta Matiz ishtirokida noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuz bergan edi.
LiveBarchasi